+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
13-03-2024, 22:00
17

SSKA Moskvada «Bunyodkor»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini e’lon qildi

Moskvaning SSKA klubi Toshkentning «Bunyodkor» klubiga qarshi maydonga tushishini ma’lum qildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, SSKA 22 mart kuni Moskvadagi «VEB Arena»da «Bunyodkor»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bahs Moskva vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, SSKA RPL 2023/24 yilgi mavsumida 4-o‘rinni egallab turibdi. «Bunyodkor» esa Superligada ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib, so‘nggi pog‘onalarda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev Moskva jamoasi sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa-da, u ushbu bahsdan oldin O‘zbekiston milliy jamoasining yig‘inida ishtirok etish uchun Toshkentga kelishi belgilangan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта