+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
13-03-2024, 05:36
11

ECHL. Chorak finalning 8 tadan 6 ta ishtirokchisi aniqlandi

12 mart, seshanba kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan yana ikkita javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Barselona” “Napoli”ni mag‘lub etdi (3:1), “Arsenal” esa “Portu”dan penaltilar seriyasida ustun keldi (1:0, penaltilar – 4:2).

Shunday qilib, chorak finalning 8 ishtirokchisidan 6 tasi nomi ma’lum bo‘ldi: "Arsenal", "Barselona", "Bavariya", "Pari Sen-Jermen", "Real" va "Manchester Siti".

13 mart, chorshanba kuni “Atletiko” o‘z maydonida “Inter”ni qabul qiladi (birinchi o‘yin – 0:1), “Borussiya Dortmund” esa PSV bilan o‘ynaydi (birinchi o‘yin – 1:1). Ushbu uchrashuvlar natijalariga ko‘ra, chorak finalning yana ikki ishtirokchisi ma’lum bo‘ladi.

1/4 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 15 mart, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichning dastlabki o‘yinlari 9-10 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта