+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
13-03-2024, 05:35
12

ECHL. Arsenal penaltilar seriyasida Portuni taslim qildi

Evropa chempionlar ligasi nimchorak finali javob o‘yinida "Arsenal" "Portu"ni qabul qildi.

O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida mezbonlar Trossard tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi. Dastlabki o‘yinda "Portu" ham aynan shu hisobda "kanonirlar"dan ustun kelganligi sababli o‘yin penaltilargacha yetib bordi. Unda maydon egalarining qo‘li baland keldi - 4:2.

Arsenal Angliya – Portu Portugaliya 1:0 13 mart, 01.00, «Emireyts» Gol: 1:0 – 41 Trossard. Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Kiver (Zinchenko, 105), Jorjinyo (Gabriel Jezus, 83), Edegor, Rays, Xaverts, Trossard (Nketia, 105), Saka. Portu – Diogu Koshta, Joau Mariu (Sanches, 86), Pepe, Otavio, Vendell, Niko Gonsales (Eushtakiu, 101), Varela (Gruyich, 90), Pepe Akino, Galeno, Fransishku Konseysau (Gonsalu Borjesh, 101), Evanilson (Taremi, 88). Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 4:2. Ogohlantirishlar: Saliba (39), Arteta (68), Pepe (73), Konseysau (78), Xaverts (116). Birinchi o‘yin - 0:1






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта