+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
12-03-2024, 07:27
18

Ronaldo: Mbappe nihoyat Oltin to‘pni yutadi

Ronaldoning fikricha, Kilian Mbappe "Real"ga o‘tishi to‘g‘ri qaror.

“Tafsilotlarga berilishdan oldin rasmiy e’lonni kutishimiz kerak, ammo Madridda hamma buni intiqlik bilan kutmoqda. U ajoyib futbolchi. U ayni damda eng yaxshilardan biriga aylanadi.

O‘ylaymanki, agar u "Real"ga o‘tsa juda yaxshi tanlov qiladi. O‘ylaymanki, u "Real"ga o‘tib, nihoyat "Oltin to‘p"ni oladi.

To‘liq haqiqatni bilmayman, lekin odamlar uning PSJdagi holatini muhokama qilishmoqda. Albatta, "Real Madrid"da uning har bir qarorini qo‘llab-quvvatlaydigan, uni maydonda ham, maydon tashqarisida ham qo‘llab-quvvatlaydigan jamoa bo‘ladi. Lekin menimcha, u PSJda juda yaxshi vaqt o‘tkazdi.

Albatta, PSJ uni saqlab qolishga harakat qildi, u loyihaning asosiy yulduzi edi. Ammo ko‘ramiz Mbappe "Real"da nima qila oladi. Bir narsa aniq: kelgusi yillarda biz Kilianning o‘yinidan ko‘proq zavq olamiz», - dedi Madridning sobiq hujumchisi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта