+13° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 19 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
12-03-2024, 06:56
73

Ronaldu klublar futbolidagi 750-golini kiritdi

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Ayn”ga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi 1/4 final javob o‘yinida qo‘shimcha daqiqalarda penaltini golga aylantirdi.

Hujumchi 118-daqiqada gol urdi. Bu gol 39 yoshli portugaliyalikning klublar miqyosida 750-goli bo‘ldi. Uning jami gollari Portugaliya terma jamoasidagi gollari bilan birga 878 ta bo‘ldi.

Ronaldu 2023/24 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasida oltinchi, klublar miqyosida esa 35-golini urdi.

“An-Nasr” “Al-Ayn”ga yutqazdi – 4:4, 1:3 – penaltilar. Saudiya Arabistoni jamoasi Osiyo chempionlar ligasidan chiqib ketdi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта