+13° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 19 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
12-03-2024, 06:38
76

OCHL. Ronaldu boshchiligidagi An-Nasr penaltilar seriyasida Al-Aynga yutqazdi

“An-Nasr” Osiyo chempionlar ligasi chorak finalida “Al-Ayn”ga umumiy hisobda 4:4 (penaltilar bo‘yicha 1:3) hisobida imkoniyatni boy berdi.

Saudiya Arabistoni jamoasi ilk uchrashuvda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Javob o‘yini qo‘shimcha vaqtni hisobga olgan holda 4:3 hisobida “An-Nasr” foydasiga hal bo‘ldi. “An-Nasr” safida Abdulrahmon G‘arib, Aleks Telles va Krishtianu Ronaldu gol kiritgan bo‘lsa, “Al-Ayn” darvozaboni Xolid Eysa yana bir avtogol muallifiga aylandi. BAA jamoasi safida Sufian Rahimi ikki bor gol urgan bo‘lsa, yana bir golga Sulton Al Shamsiy mualliflik qildi.

Penaltilar seriyasida “Al-Ayn” 3:1 hisobida zafar quchdi. BAA klubi uchala penaltini ham golga aylantirgan bo‘lsa, "An-Nasr" to‘rttadan atigi bir marta gol urdi – Saudiyaliklar safida Krishtianu Ronaldu gol urdi, biroq Marselo Brozovich, Aleks Telles va Otavio ularning urinishlarini golga aylantira olmadi.

Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida “Al-Ayn” jamoasi “Al-Hilol” – “Al-Ittihod” juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта