+13° Kechasi +8°
Andijon (Bugun, 19 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
11-03-2024, 23:58
114

Sabina Boboqulova Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

Italiyaning Busto-Arsizio shahrida boks bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun lisenzion turnirning hal qiluvchi janglari davom etmoqda.

Musobaqa doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sabina Boboqulova (-50 kg) chorak final jangini o‘tkazdi.

Yaponiyalik Rinko Kinoshitaga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz hakamlar qarori bilan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun chiptani yutib oldi.

Oldinda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va To‘rabek Habibullayev ishtirokidagi janglar kutmoqda.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта