39
Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov Meksikada kamar uchun jang qiladi
6 aprel kuni Meksikaning Aguaskalyentes shahrida boks bo‘yicha "IBA Chempionlar oqshomi" o‘tkaziladi.
Ahamiyatlisi, turnir doirasida Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov ham ringga ko‘tariladi.
Hamyurtimiz oqshom doirasida eng yengil vaznda IBA chempionlik kamari uchun jang qiladi. Unga bu yo‘lda Meksika vakili Israel Gonsales raqiblik qiladi.
Qayd etish joiz, Gonsales o‘zining professional faoliyati davomida 34 ta jang o‘tkazib, 28 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan. U faoliyatida to‘rt bor Jahon chempionligi uchun ringga chiqqan va barchasida mag‘lub bo‘lgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring