+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
11-03-2024, 11:23
18

Boks. Bugun Italiyada chorak va yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi

Italiyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Parij-2024 yo‘llanmasi uchun lizension turnirda bugun chorak va yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi shundaki, bugun 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishadi va ular tomonidan har bir qozonilgan g‘alaba, vakillarimiz uchun “Parij-2024” Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini taqdim etadi. Dastlab ilk bahsni -63,5 kg vaznda Ruslan Abdullayev serbiyalik Aleksey Sendrikga qarshi o‘tkazadi. Jang Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. Lazizbek Mullojonov ham chorak finalda ringga ko‘tariladi. Unga bu safar gruziyalik Georgi Kushitashvili raqiblik qiladi. Bahs taxminan 17:30 da boshlanadi. -66 kg vazndagi bokschimiz Navbahor Hamidova ham yarim final ostonasida Dominikan Respublikasi bokschisi Mariya Moronta Ernandes bilan bahs olib boradi. Ushbu jangning boshlanish vaqti esa 19:00. Aziza Zokirova ham Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasi uchun, chorak final bahsida Buyuk Britaniya vakilasi Chantelle Reidni mag‘lubiyatga uchratishi kerak bo‘ladi. Bellashuvning taxminiy boshlanish vaqti 19:45 ga to‘g‘ri keladi. Ushbu turnirda g‘alabali odimlayotgan -50 kg vazndagi bokschimiz Sabina Boboqulova ham bugun ringga ko‘tariladi. Uning bu safargi raqibi yaponiyalik Rinka Kinoshita. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:15 da boshlanadi. Kuni kecha o‘z bahsini o‘tkazgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, bugun chorak final jangida ringga chiqadi. Uning -71 kg vazndagi raqibi — iordaniyalik Zeyad Eashash. Ushbu jangning boshlanish vaqti: 01:15. -80 kg vaznda Olimpiada yo‘llanmasi uchun so‘ngi bosqichga yetib kelgan, yosh iqtidorli bokschimiz To‘rabek Habibullayev kolumbiyalik Xuan Ortiz bilan bahs olib boradi. Ushbu jang ham B ringda Asadxo‘janing bahsi bilan bir xil vaqtda start oladi. 1:15. -63,5 kg. Ruslan Abdullayev — Aleksey Sendrik (Serbiya) — 17:00. -92 kg. Lazizbek Mullojonov - Georgi Kushitashvili (Gruziya) — 17:30. -66 kg. Navbahor Hamidova - Mariya Moronta Ernandes (Dominikan Respublikasi) — 19:00. -75 kg. Aziza Zokirova - Chantelle Reid (Buyuk Britaniya) — 19:45. -50 kg. Sabina Boboqulova - Rinka Kinoshita (Yaponiya) — 23:15. - 71 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Zeyad Eashash (Iordaniya) — 01:15. -80 kg. To‘rabek Habibullayev - Xuan Ortis (Kolumbiya) — 01:15.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта