+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
11-03-2024, 11:21
18

Istiqlol Masharipovga va’da qilgan uy va mashinani bermadi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Istiqlol"ning bugungi mashg‘ulotida ishtirok etmadi.

Ilna Sports Group ma’lumotiga ko‘ra, "Istiqlol" Eron chempionatining 20-turidan o‘rin olgan "Persepolis"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni Masharipovsiz boshladi. O‘zbekistonlik futbolchi klub bergan ko‘plab va’dalar bajarilmagani uchun mashg‘ulotga bormadi. "Istiqlol" rahbariyati Masharipovga Tehrondan uy va mashina va’da qilgandi. Bundan tashqari oilasi uchun Tehronga aviachipta ham olib berilmadi. Futbolchi hamon mehmonxonada istiqomat qilmoqda. "Istiqlol" qachon bu va’dalarni bajarishi hozircha ma’lum emas.








Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта