+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
10-03-2024, 10:24
110

Italiyada bugun 4 nafar vakilimiz keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi

Italiyada boks bo‘yicha Parij Olimpiadasining lisenzion turniri o‘tkazilmoqda.

O‘zining so‘ngi pallasiga tobora yaqinlashib borayotgan musobaqaning vakillarimiz ishtirokidagi birinchi jangi, -50 kg vaznda Sabina Boboqulova va irlandiyalik Daina Moorehouse o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bahsda esa -80 kg vazndagi bokschimiz To‘rabek Habibullayev, chorak final ostonasida fransiyalik Yojerlin Sesar bilan bahs olib boradi.

-57 kg vaznda jang qilayotgan vakilamiz Sitora Turdibekovaning bu safargi raqibi polshalik Julia Szeremeta bo‘ladi. Sitora ushbu bosqichdan g‘alaba bilan o‘tadigan bo‘lsa, lisenziya uchun yana bitta jang qoladi.

-71 kg vaznda Olimpiyada o‘yinlari yo‘llanmasi uchun bahs olib borayotgan bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, bugun o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu galgi raqib kolumbiyalik Alexander Rangel.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта