+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
10-03-2024, 09:15
40

Gimnastikachi Chusovitina to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi, bu uning faoliyatidagi to‘qqizinchi katta musobaqa bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Yaqinda Bokuda bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogi bosqichida Chusovitina tayanib sakrash bo‘yicha saralash musobaqasida atigi 23-o‘rinni egalladi. Oqibatda, gimnastikachi Parijdagi o‘yinlar uchun yo‘llanma qo‘lga kiritish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘ldi.

Chusovitina 24-26 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatida Parij-2024 yo‘llanmasi uchun yana bir bor kurashishi mumkin. Buning uchun u ko‘pkurash musobaqasida birinchi o‘rinni egallashi kerak bo‘ladi. Ammo Chusovitina so‘nggi yillarda ko‘pkurash bahslarida deyarli ishtirok etmagan.

Oksana Chusovitina - badiiy gimnastikaning noyob vakili. SSSR, Germaniya va O‘zbekiston terma jamoalari tarkibida sakkizta yozgi Olimpiya o‘yinlarida (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) qatnashgan.

1992 yilda Barselonada u Birlashgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2008 yil Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi tarkibida tayanib sakrashda kumush medalga ega bo‘ldi.

Tokio-2020 Olimpiadasida Chusovitina final musobaqasiga chiqolmadi. Shundan so‘ng, faoliyatini yakunlamoqchi edi. Biroq, fikridan qaytb, to‘qqizinchi olimpiada uchun kurashishga qaror qildi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта