Italiyaning Busto-Arsizio shahrida boks bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun lisenzion turnir davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 4 nafar bokschimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Ulardan dastlab -66 kg vaznda Navbahor Hamidova niderlandiyalik Luna Amaro Beelooga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang bizning vaqt bilan taxminan soat 17:45 da boshlanadi. Hamidova ilk bosqichda gresiyalik Paraskevi Mavrommatini mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Navbahorning jangidan yarim soatlar o‘tib, -75 kg vazndagi bokschimiz Aziza Zokirova o‘zining ikkinchi jangida ukrainalik Karolina Maxo bilan to‘qnash keladi. Bu jangning 18:15 dan keyin boshlanishi belgilangan.
-92 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Lazizbek Mulojonov soat 19:15 da togolik bokschi Kevin Kuadjovini sinovdan o‘tkazadi.
Bokschilarimizning bugungi ishtirokini yarim tunda Ruslan Abdullayev yakunlab beradi. -63,5 kg vazndagi charm qo‘lqop ustamiz kosovolik Shpetim Bajokuga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang soat 00:30 da boshlanadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring