Madridning “Real” klubi rahbariyati joriy mavsumda “PSJ” bilan shartnomasi muddati tugaydigan hujumchi Kilian Mbappening taqdimot marosimini tashkil etish sanasini ko‘rib chiqmoqda. Taqdimot marosimi "Los Blankos"ning uy stadioni, "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, agar Mbappe "PSJ" yoki "Real Madrid" tarkibida 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finaliga chiqsa, u holda hujumchi taqdimoti 3 iyundan 6 iyungacha bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng u Fransiya terma jamoasi joylashgan joyga Yevroda ishtirok etish uchun boradi.
"PSJ" ham, "Real" ham Chempionlar Ligasi finaliga chiqa olmasa, Mbappening taqdimoti 30 yoki 31 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlanishicha, futbolchini 28 yoki 29 may kunlari "Santyago Bernabeu"da taqdim etish mumkin emas, chunki o‘sha kunlarda amerikalik xonanda Teylor Sviftning konsertlari bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring