+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
08-03-2024, 11:36
42

Nodirbek Abdusattorov Prague International Chess Festival-2024 xalqaro turniri g‘olibi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha "Prague International Chess Festival-2024" xalqaro turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek 27 fevraldan 7 martgacha davom etgan xalqaro turnirda 8 ta davlatning 10 nafar grossmeysteri qatorida g‘oliblik uchun dona surdi.



Nodirbek Abdusattorov 7 mart kuni bo‘lib o‘tgan musobaqaning so‘nggi 9-turida Richard Rapportga qarshi dona surdi va jami 6,5 ochko bilan nufuzli xalqaro turnirning mutlaq chempioniga aylandi.



Ta’kidlash joizki, 5 mart kuni ushbu musobaqaning 7-tur bahslarida hamyurtimiz Vinsent Keymerga qarshi dona surib, g‘alabaga erishgan edi. 6 mart kuni bo‘lib o‘tgan 8-tur esa o‘zbek shaxmatchisi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu turda Nodirbek Abdusattorov eronlik Parham Maqsudlu bilan kuch sinashdi. Intrigaga boy bo‘lgan mazkur o‘yinda hamyurtimiz o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта