+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
08-03-2024, 06:38
17

Shaxmat. Nodirbek Yoqubboyev Rossiyadagi musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida 3-7 mart kunlari klassik shaxmat bo‘yicha «Aeroflot Open»xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik 15 nafart aql idrok sohiblari qatnashishdi. Unda 150 ga shaxmatchilar 9 tur davomida bahslarda ishtirok etishdi. Shaxmatchilarga butun o‘yin uchun 90 daqiqa vaqt va har bir yurish uchun yana 30 soniya vaqt ajratildi. Sportchilar har kuni 2 tadan o‘yin o‘tkazishdi. Hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev 9 imkoniyatdan 6,5 ochko to‘plab, bronza medalini qo‘lga kiritdi. U musobaqa davomida 4 g‘alaba va 5 durang qayd etdi. Yoqubboyev ikkinchi o‘rindagi Andrey Yesipenkodan qo‘shimcha ko‘rsatkich bo‘yicha ortda qoldi. Eronlik Amin Tabatoboiy esa 7,5 ochko bilan turnir g‘olibiga aylandi. O‘zbekistonliklar orasida Abdumalik Abdusalimov (24), Saidakbar Saydaliyev (29), Shamsinddin Vohidov (34), Almas Rahmatullayev (39) 5,5 ochko kuchli qirqtalikdan o‘rin olishdi.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта