+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
07-03-2024, 21:40
20

Bellinghem jazolanmaydigan bo‘ldi

Jud Bellinghemning Meyson Grinvudni haqorat qilgani bo‘yicha ish to‘xtatildi.

La Liga Jud Bellinghemning «Hetafe» bilan bahsda (2:0) hamyurti Meyson Grinvudni «rapist» (zo‘ravon) deya haqorat qilgani taxmin qilingan (97% tasdiqlangandi) vaziyat yuzasidan olib borilayotgan tergovni to‘xtatdi, deya xabar bermoqda Marca nashri.

Manbaga ko‘ra, mutaxassislar Judni bahsli epizodda Meysonga aynan nima deganini aniqlay olishmagan. Ayrim mutaxassislarning versiyasiga ko‘ra, Jud Grinvud bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng uni «axlat» degan.

Avvalroq, Mirror nashri Meyson Grinvud Jud Bellinghemga qarshi ishni to‘xtatishni so‘ragani haqida yozgandi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта