+19° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
07-03-2024, 09:32
103

Nodirbek Abdusattorov onlayn shaxmat reytingida 4-o‘ringa ko‘tarildi

«Prague Chess Festival» turnirida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov FIDEning onlayn reytingida 5-o‘ringa ko‘tarilib olgani haqida xabar berib o‘tgandik. Hamyurtimiz musobaqaning 6-turida hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhaga yutqazib qo‘yganidan keyin mazkur reytingda 8-o‘ringa tushib ketgandi. Biroq Nodirbek 7-turda Vinsent Keymerni mag‘lub etib, yana 5-pog‘onaga qaytgan bo‘lsa, kecha Parham Maqsudlu (Eron) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng vatandoshimiz 4-o‘ringa chiqib oldi. Abdusattorovning reytingdagi ochkolari 2765,5 ballga yetdi. U amaldagi shaxmattoji sohibi Ding Lijenni ortda qoldirdi. Uchinchi o‘rinda borayotgan Xikaru Nakamura hisobida 2789,0 ball mavjud. Magnus Karlsen va Fabiano Karuano 2800dan ko‘proq ochko ega (2830 va 2804).










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта