+19° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
06-03-2024, 10:47
100

«Valensiya» - «Real» uchrashuvi hakami xatosini tan oldi. U vaqtincha chetlatildi

La liga 27-tur bahsiga qo‘shib berilgan daqiqalar so‘nggisida bosh hakam Madrid klubi hujumi paytida gol kiritilishidan 2 soniya avval hushtagini chaldi va Bellinghemning goli inobatga olinmay, bahs 2:2 hisobida yakunlandi. O‘yin yakunlangach, hakam bilan tortishuvga kirishgan Bellingem bosh hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Xabarlarga ko‘ra, Ispaniya hakamlar qo‘mitasi uchrashuv bosh hakami Xesus Xil Mansanoni La Liga o‘yinlaridan vaqtinchalik chetlatgan. U kamida keyingi ikki turda o‘yinni boshqarmaydi, hattoki VAR hakami sifatida ham ishlamaydi. Qayd etilishicha, Xil Mansano ushbu vaziyatdagi xatosini tan olgan. U aslida o‘yinni bir necha soniya avval yakunlashi lozim bo‘lgan.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта