+18° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
05-03-2024, 09:57
102

Boks. To‘rabek Habibullayev lisenzion turnirni kuchli raqibni mag‘lub etish bilan boshladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yo‘llanmasi uchun Italiyada o‘tayotgan 1-jahon lisenzion turnirida ishtirokini boshladi. -80 kg vaznda musobaqada ishtirok etayotgan bokschimiz To‘rabek Habibullayev iordaniyalik Husayn Ishayishni 5:0 hisobida taslim etdi va navbatdagi turga yo‘l oldi. Bugungi dasturdan 3 nafar bokschimizning chiqishi o‘rin olgan. Amaldagi Jahon chempionlari Ruslan Abdullayev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va ayollarimizdan Rayhona Qodirova Parij-2024 yo‘llanmasi uchun o‘z yurishlarini boshlashadi. Bokschilarimizning raqiblari va bahslarning taxminan boshlanish vaqtlari bilan tanishing: -60 kg: Rayhona Qodirova - Sheila Martines Perez (Ispaniya) (16:15 dan so‘ng) -63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Shiva Tapa (Hindiston) (00:00 dan so‘ng) -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Islam Yachi Yusuf (Jazoir) (21:45 dan so‘ng) Bahslar Toshkent vaqti bilan 15:00 dan boshlab start oladi.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта