+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
05-03-2024, 09:56
53

Al-Ayn muxlislari ham Ronaldu oldida Messini eslashdi

Muxlislar Krishtianu Ronalduni ko‘rib yana Leo Messining ismini hayqirishdi.

Kecha “An-Nasr” Osiyo chempionlar ligasi chorak finalida “Al-Ayn”ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Uchrashuv BAAda bo‘lib o‘tdi.

Tanaffusda Krishtianu Ronaldu maydonni tark etar ekan, yig‘ilganlarning “Messi, Messi!” degan hayqiriqlari eshitilardi.

O‘tgan hafta Ronaldu Saudiya Ligasi rahbarlari tomonidan 25 fevral kuni "Ash-Shabob" bilan o‘yinda Messining ismini unga baqirib aytayotgan muxlislarga bo‘lgan ishorasini tushuntirish uchun chaqirilgan edi.

Voqea tufayli portugaliyalik hujumchi bir o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта