"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronalduning sevgan qizi Jorjina Rodriges futbolchining faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi.
Rodriges Parijdagi modalar haftaligi tadbiriga bordi. U yerda esa undan Ronalduning faoliyatini ehtimoliy yakunlashi haqida so‘rashdi.
"Yana bir yil. Shu bilan bo‘ldi. Balki ikki yildir, bilmayman", — deya javob berdi Rodriges.
39 yoshli portugaliyalik "Al Nassr"da o‘tgan yilning yanvaridan beri o‘ynaydi. U joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 29ta o‘yinda maydonga tushib, 28ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring