98
Abbosbek Fayzullayev: Orzumdagi klub Barselona, ammo Realdan taklif bo‘lsa...
SSKAning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev "Real Madrid"dan taklif kelsa, rad etish-etmasligi to‘g‘risida fikr bildirdi.
"Real Madrid"dan taklif kelsa, albatta, rozi bo‘laman, kim ham bu jamoaga borishni istamaydi? "Barselona" esa — orzumdagi jamoa. Bolaligimda Gvardiolaning tiki-takasiga muxlislik qilganman. Klub hozir inqirozda, ammo bu jarayon o‘tib ketadi, deb o‘ylayman", — dedi Fayzullayev.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullayev o‘tgan yozda "Paxtakor"dan Moskva klubiga o‘tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring