+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
23-01-2024, 00:03
63

Benzemani Saudiyada olib qolishmoqchi

“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzemaning kelajagi hamon so‘roq ostida. Fabrisio Romanoning yozishicha, tez orada 36 yoshli futbolchining kelajagini muhokama qilish borasida suhbat bo‘lib o‘tadi. Benzemaning “Al-Ittihod” bilan munosabatlari yomonligicha qolmoqda. Saudiya ligasi rahbariyati boshqa klubga o‘tsa ham, Karim chempionatda qolishini xohlamoqda. Fransuz Yevropaga qaytishi uchun maoshini keskin kamaytirishga rozi bo‘lishi lozim. Benzema “Al-Ittihod” bazasiga 17 kun davomida tashrif buyurmasdan, rahbariyatning jahlini chiqargandi. Klub uni yig‘inlardan chetlatgan edi. Saudiya Arabistoni chempionati fevral oyida davom ettiriladi. “Al-Ittihod” tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvni “Al-Tai”ga qarshi o‘tkazadi. Karim Benzema Saudiya klubidagi 20 ta o‘yinda 12 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.









Top.Mail.Ru Анализ сайта