+22° Kechasi +12°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
29-02-2024, 15:54
92

Sakkiz prof bokschimiz 2 mart kuni Puchxonda ringga ko‘tariladi

Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasi Puchxon shahri 2 mart kuni navbatdagi professional boks kechasiga mezbonlik qiladi.

Ushbu oqshom doirasida o‘zbekistonlik 8 nafar prof bokschi ham ringga chiqadi. Kechaning markaziy jangi ham bevosita hamyurtimiz ishtirokida kechadi. Shahzodbek Sharobiddinov (6 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat) filippinlik Konrado Tanamor (12 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat) bilan to‘qnash keladi.

Avval xabar berganimizdek, Koreyadagi turnirda Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov debyut jangini o‘tkazadi. Kichik Do‘smatovga filippinlik 28 yoshli Jover Amistoso (5 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat) raqiblik qiladi. Faryozbek havaskor boksda O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalarda 8 ta jang o‘tkazgan va 5 g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O‘zbekiston chempionatining kumush medali sohibi hisoblanadi.

Bokschilarimiz va ularning raqiblari:

Shahzodbek Sharobiddinov - Kornado Tanamor

Husniddin Maraimov - Tuohatasen Sailibiyeke
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта