+32° Kechasi +14°
Andijon (Bugun, 8 sentabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 707.95 so'm (+57.69 so'mga)
140.95 so'm (-1.01 so'mga)
14 099.47 so'm (+115.87 so'mga)
26-02-2024, 23:15
28

Gennadiy Golovkin Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi prezidenti bo‘ldi

Qozog‘istonlik taniqli bokschi Gennadiy Golovkin o‘z mamlakatining Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylandi.

U bugun o‘tkazilgan Bosh assambleyada mazkur lavozimga saylandi.

Bu lavozimda 2015 yildan beri Timur Kulibayev ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Gennadiy Golovkin 1983 yilda Karagandada tug‘ilgan. Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi (2004), jahon chempioni (2003). Professional boksda ham IBF, WBA va IBO kamarlari sohibi bo‘lgan.

Gennadiy Golovkin 2005 yildan buyon professional boksda 45 ta jang o‘tkazgan.

U 37 uchrashuvni nokaut bilan yakunladi, bitta jangda durang qayd etdi va ikkita tangda ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта