+22° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
26-02-2024, 02:12
95

Shahram G‘iyosov: Chempionlik kamarini yurtimizga olib boraman

Bokschimiz Shahram G‘iyosov bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Assalomu alaykum, mana 15-jangimizni ham o‘tkazib oldik, Alhamdulillah 11-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondik. O‘zbekistonga shu medal bilan ketmoqdaman (WBA da’vogarlik medalini ko‘rsatib).

Endi majburiy da’vogarman. Navbatdagi jangim jahon chempionligi uchun bo‘ladi.

Prezidentimizga va’da berganman - uni bajarishimga bir qadam qoldi. Xudo xohlasa chempionlik kamarini yurtimizga olib boraman.

Bojxona qo‘mitasidagi generalimizga ham va’da berganman. Inshallah, bu g‘alaba barchamizniki. Nasib bo‘lsa, birgalikda chempion bo‘lamiz. O‘zbekiston, olg‘a", - dedi Shahram G‘iyosov.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта