+22° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
25-02-2024, 07:13
46

Yosh bokschilarimiz Rossiyada tengsiz

Rossiyaning Komsomol’sk-Amur shahrida yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.

Turnir davomida barcha raqiblarini yenggan Abdulaziz Juraqulov, Abdulloh Tohirov, Muhammadazizbek Ismoilov, Jafarbek Shahbozov, Rahmonjon Qodirov, Akmaljon Isroilov va Maqsudxon Meliyev oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, o‘z vaznlarida finalga qadar yetib borgan Anvarbek Jumaboyev, Boburjon Mo‘minov hamda Abbos Abdurahimov kumush medali bilan taqdirlangan bo‘lsa, Shakarboy Jo‘rayevga bronza medali nasib etdi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта