Londonning “Kroydon” va “Kokfosters” o‘rtasidagi kubok o‘yini maydon markazidan ajoyib zarba bilan boshlandi, shundan so‘ng to‘p darvozaga borib tushdi. Jamoa matbuot xizmati bu gol futbol tarixidagi eng tezkor gol ekanligini ta’kidlamoqda.
“Nihoyat, Rayan Xollning “Kroydon” safida “Kokfosters” darvozasiga kiritgan golining videosini oldik. Gol 2,31 soniyada urildi, biz buni futboldagi eng tezkor gol deb hisoblaymiz. Ginnesning rekordlar kitobi, buni tasdiqlay olasizmi?” deb e’lon qildi klub ijtimoiy tarmoqlarda.
Ginnesning rekordlar kitobi matbuot xizmati xabarni ko‘rdi, biroq hali yangi rekordni tasdiqlamadi.
Ginnesning rekordlar kitobi “Rikardo Oliveraning (Urugvay) 1998 yil 26 dekabrda “Roo Negro” safida “Soriano”ga qarshi o‘yinning 2,8 soniyasida kiritilgan golini futbol tarixida urilgan eng tezkor gol sifatida tan olgan, deb xabar beradi tengrisport.kz.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring