+21° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
20-02-2024, 12:35
94

Hasanboy Do‘smatovning ukasi professional boksda debyut qiladi

Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Hasanboy Do‘smatovning ukasi Faryozbek Do‘smatov professional boksda debyut qiladi.



O‘zbekiston chempionati va boshqa musobaqalar doirasida 8 ta jang o‘tkazgan Faryozbek shu kungacha havaskor boksda 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U 2022 yilgi O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi hisoblanadi.

Hasanboy Do‘smatovning ukasi professional boksdagi ilk jangini 2 mart kuni Koreyada tashkil etilayotgan FW1 turniri doirasida o‘tkazadi. Unga filippinlik 28 yoshli charm qo‘lqop ustasi Jover Amistoso (5-2-0) raqiblik qiladi. Jover debyut jangini 2020 yil o‘tkazgan.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта