+21° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
20-02-2024, 09:05
38

Barselona gruziyalik futbolchi uchun katta pul sarflashi kerak

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Napoli" vingeri Xvicha Kvarasxeliyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

BarcaTimes ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, klub yozgi transfer oynasida transferni amalga oshirishni rejalashtirgan. "Barselona" rahbariyati futbolchini 90-100 million yevro evaziga sotib olish mumkin deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda Kvarasxeliya barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 80 million yevroni tashkil etadi. Kvarasxeliyaning neapolliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта