+22° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
19-02-2024, 23:10
87

Kurash bo‘yicha Olimpiadaga kiritilmagan vazn toifalari orasida JCh o‘tkaziladi

Birlashgan jahon kurashi (UWW) 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilmagan vazn toifalarida jahon chempionatini o‘tkazadi.

Turnir 28-31 oktyabr kunlari Albaniya poytaxti Tirana shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqa ushbu mamlakatda 21-27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan U-23 Jahon chempionatidan so‘ng boshlanadi.

Erkin kurashda 61, 70, 79 va 92 kilogramm, ayollar kurashida 55, 59, 65 va 72 kilogramm vazn toifalari yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan. Shuningdek, 55, 63, 72 va 82 kilogramm vazn toifalarida yunon-rum kurashchilari Olimpiadada qatnasha olmaydi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта