+22° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
19-02-2024, 17:56
37

Tennis: Humoyun Sultonov Portugaliya turnirining vise-chempionligiga erishdi

Xabar berganimizdek, mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat turnirning saralash bahslarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Sultonov 1/4 finalda ispaniyalik Karlos Lopes Montagudni 7/6(7), 5/7, 7/6(4) hisoblarida mag‘lub etdi.

Yarim final uchrashuvida esa braziliyalik Karuye Sell bilan kechgan bahsda 6/3, 6/0 natijasi qayd etilib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Mahoratli raketka ustasi Humoyun Sultonov musobaqaning finalida ispaniyalik Martin Landalusega qarshi kortga chiqdi.

Chorak finalda yana bir o‘zbekistonlik tennischi Sergey Fominni dog‘da qoldirgan Martin Landaluse bosh sovrin uchun Sultonov bilan kuch sinashdi. 1 soatu 16 daqiqa davom etgan o‘yin 0:6, 3:6 hisoblarida raqib foydasiga yakunlandi. Humoyun Sultonov esa turnirning vise-chempionligiga sazovor bo‘ldi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта