+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
21-01-2024, 16:06
43

Shaxmat: Abdusattorov Anish Girini mag‘lub etdi

Niderlandiyada davom etayotgan mazkur nufuzli musobaqaning 7-turida Vidit – Firuzdja 1:0, Donchenko – Szyuy Venszyun 0,5:0,5, Gukesh – Varmerdam 1:0, Pragnanandxa – van Forest 0,5:0,5, Magsudlu – Nepomnyashiy 0,5:0,5, Vey – Din Lijen 0,5:0,5 natijalari qayd etildi.

Yakunlangan 7-tur o‘yinlaridan keyin turnir jadvalida Abdusattorov, Dommaradju Gukesh va Anish Giri ochkolari sonini 4,5 taga yetkazgan holda yetakchiga aylanib olgan bo‘lsa, ulardan keyingi o‘rinda borayotgan Alireza Firuzdja va Rameshbabu Pragnanandxa 4 ochkoga ega bo‘lib turibdi.

Bugun, 21 yanvar kuni xalqaro turnirning 8-turida Nodirbek qora donalarda Yan Nepomnyashiy bilan kuch sinashadi.

Turning qolgan bahslarida Alireza Firuzdja – Din Lijen, Anish – Vey, van Forest – Magsudlu, Varmerdam – Pragnanandxa, Szyuy Venszyun – Gukesh, Santosh Gudjrat Vidit – Aleksand Donchenko bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel Chess-2024" 13 turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 28 yanvarga qadar davom etadi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта