+22° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
18-02-2024, 20:14
89

Sportchilarimiz I qishki “Primorye bolalari” o‘yinlariga jo‘nab ketdi

I qishki “Primorye bolalari” o‘yinlarida ishtirok etadigan mamlakatimiz sport delegasiyasi Rossiyaga jo‘nab ketdi.

Mazkur kompleks sport o‘yinlarida o‘nga yaqin davlatning mingdan ziyod sportchisi 8 ta sport turi bo‘yicha kechadigan bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston sportchilari xokkey, sonubord, tog‘ chang‘isi yo‘nalishlarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

– Asosan yoshlar va o‘smirlar ishtirok etadigan ushbu kompleks o‘yinlarda yurtimizning umidli sportchilarining qatnashishi uchun davlatimiz tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratib berildi. Bilasiz, 2026 yili o‘smirlar o‘rtasida XXV qishki Olimpiya o‘yinlari Italiyaning Milan va Kortina-dʼAmpesso shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Maqsad kelajakda qishki sport turlari bo‘yicha mahoratli sportchilarni tayyorlash, ularning mahoratini oshirish orqali yana ikki yildan keyin Italiyada o‘tadigan to‘rt yillik o‘yinlarga nomzodlarni hozirdan saralab borishdir, – deydi Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Mirjamol Yunusov.

Eslatib o‘tamiz, I qishki “Primorye bolalari” xalqaro o‘yinlarining asosiy bellashuvlariga ertaga start beriladi. Musobaqalar 24 fevralga qadar davom etadi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта