+21° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
18-02-2024, 19:40
97

Braziliyalik futbolchi Samarqandning Dinamo klubiga o‘tdi

Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Dinamo" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

"Dinamo"ning Turkiyadagi yig‘inida murabbiylar ko‘rigida ishtirok etgan Jurani Fransisko Ferreyra yoki qisqacha Ratinyo taxallusli braziliyalik tayanch yarim himoyachi Samarqand klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 27 yoshli Ratinyo "Dinamo"ning "Aktobe" (3:1) va "Dinamo Tblisi"ga (1:0) qarshi o‘yinlarida gol urish bilan birga murabbiylarda iliq taassurot qoldirdi.

Ratinyo hozirgacha Braziliyaning Pernambukano chempionatida "Maguari Atletika" klubi sharafini himoya qilayotgan edi. U 2024 yil klubi safida 6 o‘yinda 2ta golga mualliflik qilgan. Ratinyo "Dinamo"ga erkin agent sifatida qo‘shildi.

"Braziliyalik legioner o‘tgan yillar davomida o‘z mamlakatidagi turli klublarda Pernambukano, Goiano, Paraense chempionatlarida muvaffaqiyatli to‘p surgan. Shuningdek, Ratinyo 2019 yil Janubiy Koreyaning "Kvanchju" klubida Key-liga 1 g‘olibi bo‘lgan", - deyiladi klub xabarida.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта