+21° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
15-02-2024, 16:09
85

Futbol bo‘yicha JCH-2026 finali o‘tkaziladigan stadion aniqlandi

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati finali AQShning Nyu-York shahridagi «Metlayf‑stedium» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) xabar berdi.

Final o‘yini 2026 yilning 19 iyuliga belgilangan. Ushbu stadion 82,5 ming muxlisga mo‘ljallangan.

3-o‘rin uchun o‘yin esa Mayami shahridagi 64 767 tomoshabinga mo‘ljallangan «Xard Rok Stedium» stadionida bo‘lib o‘tadi.

2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

To‘p o‘yinida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. O‘yinlar AQShda 6 ta, Meksikada 2 ta va Kanadada 1 ta stadionda o‘tkaziladi.

Jahon chempionati o‘z tarixida ilk bor uch davlatda o‘tkaziladi. Bungacha 2002 yilda Janubiy Koreya va Yaponiya hamkorlikda tadbir tashkil qilgan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта