+22° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
14-02-2024, 08:16
94

Krishtianu Ronaldu UFC 298 turniri oldidan Aleks Volkanovskini qo‘llab-quvvatladi

Kaliforniyaning Anaxaym shahrida 18 fevral kuni UFC 298 turniri bo‘lib o‘tadi. Turnirning asosiy jangi yarim yengil vazn toifasi vakillari Aleksandr Volkanovski va Iliya Topuriya o‘rtasida kechadi. “An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Volkanovskini qo‘llab-quvvatlab, uning Instagram sahifasidagi postiga “Olg‘a, chempion”, deya izoh qoldirdi. Volkanovski so‘nggi bor 2023 yilning oktyabrida Islom Maxachevga qarshi jang qilgandi va 1-raunddayoq nokautga uchragandi. Topuriya esa 2023 yilning iyun oyida Josh Emmetga qarshi oktagonga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта