101
Oksana Chusovitina to‘qqizinchi Olimpiadasi sari harakatni boshladi
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun ham mas’uliyatli mavsum boshlanmoqda. 15-18-fevral kunlari Misr poytaxti mazkur sport turi bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.
Bugun ushbu musobaqada qatnashadigan terma jamoamiz Qohiraga yo‘l oldi. Qayd etish joiz, 20-aprelga qadar davom etadigan 4 bosqich yakuniga ko‘ra, o‘z yo‘nalishlarida tengsiz bo‘lgan 2 nafardan atlet Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shu tariqa, unda Oksana Chusovitina o‘zining to‘qqizinchi Olimpiadasiga lisenziya olish uchun kurash olib boradi. Terma jamoamiz quyidagi tarkibda Misrga jo‘nab ketdi:
Erkaklar: Rasuljon Abdurahimov Abdulaziz Mirvaliyev Humoyun Islomov
Ayollar: Oksana Chusovitina Dildora Aripova Odinaxon Robijonova
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring