+9° Kechasi +7°
Andijon (Bugun, 30 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 865.05 so'm (+16.67 so'mga)
116.73 so'm (-3.34 so'mga)
13 550.76 so'm (+38.12 so'mga)
13-02-2024, 09:25
36

Nodirbek Abdusattorov Germaniyadagi musobaqa yarim finalida Magnus Karlsen bilan o‘ynaydi

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turnirida bugun yarim final bosqichi doirasida dastlabki o‘yinlar o‘tkaziladi. Nodirbek Abdusattorov final yo‘llanmasi uchun 17 karra jahon chempioni Magnus Karlsenga qarshi bahs olib boradi. Hamyurtimiz bugun qora, ertaga esa oq donalarda o‘ynaydigan bo‘ldi. Norvegiyalik shaxmatchi chorak finalda fransiyalik Alirizo Firujani qo‘shimcha partiyalarda mag‘lub etgan bo‘lsa, Nodirbek xitoylik Ding Liren ustidan zafar quchdi. Ma’lumot o‘rnida. Davraviy tizimda rapid uslubida o‘tkazilgan o‘yinda Nodirbek Magnusni mag‘lub etgandi. Yarim final juftliklari Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) - Magnus Karlsen (Norvegiya) Levon Aronian (AQSh) - Fabiano Karuana (AQSh) Eslatib o‘tamiz, turnirning mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSh dollariga teng bo‘lib g‘olib 60 ming dollarni qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin egasiga 40 ming, uchinchi o‘ringa 30 ming va to‘rtinchi o‘ringa 20 ming dollar beriladi.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта