33
Shaxmat: Gamburg bahslarida N.Abdusattorov o‘z ustunligini namoyish etmoqda
Kecha o‘tkazilgan ilk qarama-qarshilikda N.Abdusattorov xitoylik shaxmatchini dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Oq donalarda harakatlangan Nodirbek jahon chempioni Lijenni butun o‘yin mobaynida himoyada harakatlanishga majbur etdi. Durangga erishishga jon-jahdi bilan intilgan jahon chempioni 45-yurishda taslim bo‘lganini tan oldi.
Bugun, 12 fevral kuni chorak finalning ikkinchi uchrashuvi tashkil etiladi. Bu safar Abdusattorov qora donalarda, xitoylik shaxmatchi esa oq donalarda kurashga kirishadi. Mazkur bahs natijasiga ko‘ra, yarim finalga yo‘l oladigan shaxmatchi nomi aniq bo‘ladi. Ushbu turda g‘olib chiqqan shaxmatchi Alireza Firuzja – Magnus Karlsen juftligi g‘olibi bilan final yo‘llanmasi uchun bahslashadi.
Kecha Firuzja – Karlsen o‘rtasidagi o‘yin 1:0 hisobida Fransiya sharafini himoya qilayotgan Alireza foydasiga hal bo‘ldi. Shuningdek, qolgan juftliklardagi o‘yinlarda qo‘yidagi natijalar qayd etildi: Vinsent Kaymar – Dommaradju Gukesh-1:0, Fabiana Karuana – Levon Aronyan-0,5:0,5.
Mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSh dollaridan iborat “Freestyle Chess G.O.A.T Challenge” turnirining Fisher yo‘nalishida kechadigan klassik shaxmat musobaqalarining chorak finali bugun poyoniga yetsa, yarim final bahslari 13-14 va final musobaqalari 15-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa nizomiga muvofiq 1-o‘rin sohibi 60 ming, 2-o‘rinni egallagan 40 ming, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchi 30 ming, 4-o‘rin 20 ming, 5-o‘rin 15 ming, 6-o‘rin 12 ming, 7-o‘rin 10 ming hamda 8-o‘rinda qolgan shaxmatchi 8 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring