+33° Kechasi +18°
Andijon (Bugun, 6 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.01 so'm (+22.94 so'mga)
158.73 so'm (+2.3 so'mga)
14 673.00 so'm (+13.1 so'mga)
12-02-2024, 09:55
96

Real muxlislariga Bellingem bo‘yicha yomon yangilik e’lon qilindi

Jud Bellingemda bog‘lamlarning cho‘zilishi tashhisi qo‘yildi.

Bellingemni kecha "Jirona" (4:0)ga qarshi o‘yinning 57-daqiqasida jarohat sabab almashtirishdi, "Real" bugun yarim himoyachiga chap tovonning cho‘zilishi tashhisi qo‘yildi.

La Sexta jurnalisti Xose Luis Sanchesning ma’lumotiga ko‘ra, Bellingem 2-3 haftani o‘tkazib yuboradi.

Shunday ekan, Jud "RB Leypsig"qarshi CHL 1/8 finalning ilk o‘yini, shuningdek La Liga doirasidagi "Rayo Valyekano", "Sevilya" va "Valensiya"ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Jurnalist Arancha Rodrigesning yozishicha, Bellingem 6 mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Leypsig"ga qarshi javob o‘yiniga tayyor bo‘ladi.

Bellingem joriy mavsum "Real" tarkibida 29ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта