+21° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
11-02-2024, 10:42
102

Karlo Anchelotti: «Vinisius shunday o‘ynaganda, jahonning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi»

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Jirona»ga qarshi o‘yindan keyin fikr bildirar ekan, hujumchi Vinisius Juniorni maqtadi. «Vinisius Junior ajoyib o‘yin o‘tkazdi. U shunday saviyada va mana shunday jonbozlik bilan o‘ynar ekan, jamoamiz uchun juda muhim futbolchiga aylandi. Vinisius shunday o‘ynaganda, jahonning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. Bellingem – ikkinchi, Rodrigo – uchinchi, Kroos – to‘rtinchi, Kamavinga, Valverde... Bugun zaxira o‘rindig‘ida o‘zimni juda xotirjam his qildim», – dedi «Real» ustozi. Shuningdek, italiyalik mutaxassis Kilian Mbappe haqidaga savolga quyidagicha javob berdi: «Jamoamizdagi har futbolchi — eng yaxshisi. Siz esa boshqa jamoa futbolchisini tilga oldingiz», – dedi Anchelotti.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта