+19° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
20-01-2024, 14:37
70

Osiyo kubogi: Iroq terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida yengdi

“S” guruhidan o‘rin olgan Eron va Gongkong bahsi 1:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golga Mehdi Gayedi mualliflik qildi. Shu tariqa Eron ikkinchi turdan keyin 6 ochko jamg‘argan holda 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi.

“D” guruhida Vyetnam "Abdulloh bin Nosir bin Halifa" stadionida Indoneziyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, Iroq terma jamoasi Yaponiyani 2:1 hisobida yengdi.



Ushbu natijalardan so‘ng, Iroq termasi ochkolarini 6 taga yetkazib oldi va guruhda birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Yaponiya va Indoneziya terma jamoalari 3 ochko to‘plagan holda ikkinchi va uchinchi o‘rinda bormoqda. Vyetnam hisobida esa umuman ochko yo‘q.

Ma’lumot uchun, Avstraliya, Qatar, Iroq va Eron terma jamoalari ikkinchi turdan keyin Osiyo kubogining pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Top.Mail.Ru Анализ сайта