Osiyo kubogi-2023 bahslaridan keyin O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir o‘yinchisi klubini o‘zgartirdi.
Turnir startidan oldin «Fotih Karagyumruk» bilan xayrlashgan Otabek Shukurov faoliyatini Turkiyaning «Kayserispor» jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi. «Kayserispor» prezidenti Ali Chamli klub Otabek Shukurov bilan shartnoma imzolaganini rasman ma’lum qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, «Kayserispor» Turkiya Superligasida 24-turdan keyin 20 jamoa orasida 28 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq, milliy jamoamizning yana bir a’zosi Azizbek Turg‘unboyev Turkiyaning «Sivaspor» klubi a’zosiga aylangandi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring