37
Ijtimoiy tarmoqlarga o‘zbek blogerlarining zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi yana bir videosi joylandi
Zo‘ravonlikka qarshi “Ne molchi” (“Sukut saqlama”) loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek blogerlari tomonidan zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi yana bir video paydo bo‘lganiga e’tibor qaratdi. Unda bir erkak o‘z ayolini yaxshi dazmollanmagan kiyim uchun kaltaklayotgani, ayol esa faqat o‘z onasiga qaratilgan haqoratlardan keyingina o‘z buyumlarini yig‘ishtirib ketmoqchi bo‘lgani aks etgan.
“Bunday shaxslarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1-moddasi bilan javobgarlikka tortish kerakligi haqida ko‘p marta yozganmiz. Ushbu rolik mualliflari qonun bo‘yicha javobgarlikka tortilishini kutib qolamiz”, – deyiladi xabarda.
“Ne molchi” loyihasi bunday tendensiya achinarli ekanini qayd etdi.
“Nega xayp uchun maishiy zo‘ravonlik kabi og‘ir va nozik mavzu qo‘llanilyapti? Butun mamlakat bo‘ylab minglab ayollar va bolalar shunday zo‘ravonlikka duchor bo‘layotgan bir paytda? Media-resursga ega bo‘lgan, bu holat oila va jamiyat uchun salbiy oqibatlari bo‘lishi, nomaqbul holat ekanini aytib chiqishi mumkin bo‘lgan odamlar zo‘ravonlik to‘g‘risida hazil qilish, uni targ‘ib qilishni tanlamoqda. Gender zo‘ravonligiga qarshi kurashuvchi va gender tenglikni targ‘ib etuvchi loyiha sifatida, ijtimoiy tarmoqlarda bunday holatlarni uchratganda jahlimiz chiqadi va xafa bo‘lamiz. Umid qilamizki, huquq-tartibot organlari bunday hollarga bundan keyin ham tezkorlik va xolislik bilan chora ko‘rishda davom etadi. Hech qanday “uzrlar” bizga kerak emas”, – deyiladi xabarda.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring