+5° Kechasi -2°
Andijon (Bugun, 14 dekabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 880.00 so'm (+19.91 so'mga)
124.01 so'm (+0.37 so'mga)
13 507.26 so'm (-8.69 so'mga)
08-02-2024, 08:39
35

Evropa Superligasi UYEFAdan 3,5 mlrd yevro undirmoqchi

Evropa Superligasi loyihasi UYEFA tashkiloti ustidan yetkazilgan moddiy zararni undirish maqsadida sudga murojaat qilishi mumkin. Superliga tashkilotchilari fikriga ko‘ra, loyihaning yo‘lga qo‘yilishi UYEFA va uning rahbari Aleksander Cheferin tomonidan klublarga bo‘layotgan bosim tufayli kechikmoqda. Xususan, "JP Morgan" banki tomonidan berilgan foiz miqdori 2,8 foizdan 6,3 foizga oshib ketgan. Buning natijasida Superliga bir necha milliard yevro yo‘qotgan. Shuningdek, loyiha teletranslyasiyalar huquqini manfaatli narxda sotish imkoniyatni qo‘ldan chiqargani uchun UYEFAga nisbatan da’vo arizasini kiritadi. Bu yo‘nalish bo‘yicha zarar 0,7 - 1,2 mlrd yevroga baholanmoqda. Bundan tashqari, agar Superliga o‘z vaqtida yo‘lga chiqqanidan homiylardan keladigan daromad 10 foizga ko‘proq bo‘lishi mumkin edi.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта