55
XOQ prezidenti Olimpiada medallari dizaynini yaratgan yigitni taqdirladi
XOQ prezidenti Tomas Bax Janubiy Koreyaning Kanvon shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi IV qishki Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari uchun medallar jamlanmasi dizayni bo‘yicha tanlov g‘olibiga esdalik medallari jamlanmasini topshirdi.
Bu haqda Kanvon-2024 o‘smirlar qishki Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rasman ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘smirlar o‘rtasidagi IV qishki Olimpiya o‘yinlari g‘oliblariga beriladigan medal nomi “Yorqin kelajak” ekanligini, shuningdek, medal dizayni bo‘yicha kim kim g‘olib bo‘lgani haqida yozgan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, Olimpiya medali dizayni uchun tanlovda 120 mamlakatdan 3000 dan ortiq nomzod ishtirok etgan va ular orasida faqat 27 yoshli braziliyalik Dante Akira Uvayning ishi eng yaxshi deb topilgan.
Bugun Kanvon shahrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax oltin, kumush va bronza medallaridan iborat esdalik kolleksiyasini taqdim etdi. XOQ prezidenti Uvayga “Yorqin kelajak” tanlovidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasidagi IV qishki Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 19 yanvaridan 1 fevraliga qadar Janubiy Koreyaning Kanvon shahrida bo‘lib o‘tadi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring