O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchisi Sardor Rashidov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradigan bo‘ldi.
32 yoshli hujumkor yarimhimoyachi «Instagram»dagi sahifasida «Dubay Siti» klubiga o‘tganini ma’lum qilgan. Tomonlar shartnoma imzolagan.
Sardor Rashidov o‘tgan mavsumning birinchi qismini «Paxtakor» safida o‘tkazib, yozda jamoani tark etgan, ammo ikkinchi davrada boshqa klub safiga o‘tmagandi. Yanvar oyida BAA klubi mashg‘ulotlarida qatnashgan futbolchi bugun «Dubay Siti» a’zosiga aylangan.
Ma’lumot uchun, «Dubay Siti» klubi BAA 1-ligasida 18-turdan keyin 17 jamoa orasida 13 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Rashidov bungacha BAAning «Al-Jazira» klubi sharafini himoya qilgandi. Shuningdek, u «So‘g‘diyona», «Bunyodkor», «Al-Jaish», «Lokomotiv», «Nasyonal», «Qatar SK», «Kuvayt SK», «Umm Salal» va «Paxtakor» klubi safida faoliyat yuritgan
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring