+22° Kechasi +11°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
06-02-2024, 10:16
53

Stranja-2024: Sabina va Xumorabonu navbatdagi bosqichda

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha "Stranja-2024" xalqaro turnirida qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘tkazilmoqda.

Unda O‘zbekiston terma jamoasining to‘rt nafar charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tarildi. Vazni -50 kg bo‘lgan Sabina Boboqulova serbiyalik Nina Radovanovichni, -57 kilogramm vazn toifasida esa Xumorabonu Mamajonova ukrainalik Kristina Yushchukni yirik hisobda taslim etdi. Afsuski, Nigina O‘ktamova hamda Rashida Tagirova o‘z vaznlarida mag‘lubiyatga uchradi.

Bugun, 6 fevral kuni og‘ir vazn toifasida erkaklar o‘rtasida Jahongir Zokirov – Iman Ramezanpurdelavar (Eron), 57 kilogrammgacha vaznda Shahzod Muzaffarov – Islam To‘roboyev (Qirg‘iziston), Xudoynazar Fayozov – Sachin Sachin (Hindiston), -63,5 kg vaznda Muhiddin Adhamjonov – Klansi Dean (Irlandiya) jang qiladi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта